Kiyim do'koni uchun savdo, ombor va moliya bitta tizimda
Mavsum o'zgarganda qaysi model sotilib, qaysi biri omborda qolganini aniq ko'ring. Har bir filial qoldig'i, kassasi va foydasi — real vaqtda.
ibox kiyim do'koniga nima beradi?
Do'kon, Telegram va marketpleys — bitta qoldiq
Do'kondagi, Telegram-botdagi va Uzum Market kabi marketpleyslardagi savdo bitta qoldiqdan ayriladi. Bitta ko'ylak ikki joyda sotilib qolmaydi.

Kassa va to'lovlar nazoratda
Naqd, karta, Payme va Click to'lovlari kassaga avtomatik tushadi. Kun oxirida kassani sanash uchun soatlab o'tirish shart emas.
Mavsum oxirida ortiqcha tovar qolmaydi
Hisobotlar qaysi model tez, qaysi biri sekin sotilayotganini ko'rsatadi. Buyurtmani taxmin bilan emas, raqam bilan bering va chegirmani o'z vaqtida e'lon qiling.

